O‘zbekiston temir yo‘llari talabalar uchun 50% chegirma e’lon qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki ta’til mobaynida mahalliy yo‘nalishdagi qatnovlar uchun 50 foizli chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Chegirma 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar barcha mahalliy yoʻnalishdagi yo‘lovchi poyezdlar uchun amal qiladi. Ammo u SV / VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdiga taqdim etilmaydi.
Chiptalarni sotib olish uchun pasport bilan temir yo‘l kassalariga tashrif buyurish yoki onlayn tarzda havola orqali xarid qilish mumkin.
Batafsil ma’lumotni 1005 raqami yoki +998 71 299 94 50 ishonch telefoni orqali olish mumkin.
Avvalroq “Silk Avia” aviakompaniyasi talabalar uchun barcha yo‘nalishlarga chegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.