Anons

Respublika bolalar kutubxonasida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma

E’lon qilingan sana· 172
Respublika bolalar kutubxonasida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma

Respublika bolalar kutubxonasida o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazmaga taklif etadi.

Kutubxona kiraverishida o‘tkaziladigan ko‘rgazma ikkita muhim mavzuni — 1930-yillar musavvirlari ijodida bolalik timsoli va XX asrda o‘zbek tili yozuvidagi o‘zgarishlarni birlashtiradi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi va Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi sara to‘plamlariga mansub eksponatlar namoyish etiladi.

Ko‘rgazmaning ikkinchi yo‘nalishi bu o‘zbek tili yozuvining tadrijiy tarixiga muxtasar sayr bo‘lib, unda 1940−1990-yillar davomida O‘zbekistonda nashr etilgan kitoblar namoyish qilinadi. Barcha kitoblar Vladimir Rojdestvenskiy, Iskandar Ikromov, Anatoliy Bondarovich, Anatoliy Osheyko kabi turli rassomlar tomonidan badiiy bezatilgan. Bundan tashqari, ko‘rgazmada tipografikaga oid jurnal va tajriba-sinov bosma harflar onlayn laboratoriyasi hisoblanmish “Type.today” jamoasining ishlari taqdim etilmoqda.

Respublika bolalar kutubxonasi o‘z ko‘rgazmasini yil mobaynida bir necha marta yangilab turadi. Aleksandr Nikolayev, Lidiya Joltkevich, Iskandar Ikromov kabi rassomlarning ijodiy ishlaridan namunalar ko‘rgazma ekspozitsiyasidan joy oldi.

Kirish bepul.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ