“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi
“Men G‘olib” ommaviy yugurish musobaqasi Kichik Beshyog‘och ko‘chasida, “Humo Arena” yonida bo‘lib o‘tadi.
“Men G‘olib” yugurish musobaqasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquq-tartibot idoralari o‘rtasida yugurish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati doirasida har yili o‘tkaziladigan sport tadbiri. 14-yanvarda nishonlanadigan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazildi.
Masofalar: 1 km, 3 km va 10 km.
Ishtirokchilarning yigʻilishi soat 07:00.
Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilarga Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan ishtirokchilar toʻplami taqdim etiladi.
Ishtirokchilar toʻplamiga quyidagilar kiradi:
- chip raqami;
- futbolka.
Ishtirokchilar to‘plamini olish uchun 2024-yil 13-yanvardan boshlab soat 10:00dan 18:00ga qadar O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi binosiga shaxsan borish va ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchining QR-kodini ko‘rsatish kerak.
G‘olib va sovrindorlar tadbir tashkilotchilari va hamkorlari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.
Ishtirok etish narxi: 150 000 so‘m.
Ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish talab qilinadi.
- Sana14 yanvar, 07:00