14-yanvarga nimalar sovg‘a qilish mumkin?

E’lon qilingan sana· 3 320
14-yanvarga nimalar sovg‘a qilish mumkin?

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga sanoqli kun qoldi. Bu kunda harbiylardan tashqari barcha yigitlarga sovg‘a ulashish urfga aylangan. Ammo sovg‘a tanlash — muammo. Afisha.uz ushbu vaziyatni yengillashtirish maqsadida ba’zi yigitlarning fikrini o‘rganib, 14-yanvar uchun sovg‘alar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Muharririmiz o‘z do‘stlari va tanishlaridan (25 yoshgacha bo‘lgan yigitlar) 14-yanvarga nima sovg‘a kutayotganini so‘radi. Quyidagi ro‘yxat ularning istaklari asosida shakllantirilgan va byudjeti 500 ming so‘m etib belgilangan.

Vaucher

Agar sovg‘a uchun nima tanlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, eng yaxshi variant — biror do‘kondan vaucher. Kiyimlarni hamma o‘z didi va o‘lchamiga qarab tanlashini hisobga olsak, biror kiyim do‘kondan o‘z byudjetingizga mos vaucher olishingiz mumkin. Masalan, bunday sovg‘alarni Just yoki Terra Pro kabi erkaklar kiyim do‘konidan topa olasiz.

Agar siz sovg‘a bermoqchi bo‘lgan inson oilali bo‘lsa, unga Korzinka’dan vaucher sovg‘a qilishingiz ham mumkin. Bundan tashqari, biror sport zal yoki paint ball o‘yiniga sovg‘a sertifikati ham xursand qilishi mumkin.

Futbol butsalari

Futbolni yaxshi ko‘rmaydigan yigit kishilar juda kamchilik bo‘lsa kerak. Erkak kishi yoshligida bir marta bo‘lsa ham futbol yulduzi bo‘lishni orzu qilgan. Siz sovg‘a bermoqchi bo‘lgan inson ham futbolsevar bo‘lsa, unga bu orzusini sal bo‘lsada his qilishiga yordam berishingiz mumkin. Bu uchun unga futbol butsalari sovg‘a qilish kifoya.

Xarid qilayotganingizda oyoq kiyim o‘lchami va sifatiga e’tibor bering, agar u inson ochiq va sun’iy maysali maydonda to‘p tepadigan bo‘lsa, suratdagidek oyoq kiyimlarni olib bersangiz bo‘ladi. Uni bu yerdan 299 ming so‘m evaziga buyurtma qilishingiz mumkin.

Aqlli soat

Erkak kishining qo‘lida soat bo‘lsa yaxshi, u aqlli bo‘lsa (nafaqat soat) yanada yaxshi. Albatta, brend smart watch’larning narxi qimmat bo‘ladi, ammo biz tanlagan byudjetga ham topsa bo‘ladi. Ushbu smart soat aksiya doirasida 499 ming so‘mdan sotilmoqda. Undan arzonroqqa topsangiz ham bo‘ladi.

Simsiz quloqchinlar

Quloqchinlar insoniyatning eng yaxshi kashfiyotlaridan bir bo‘lsa kerak. Simsizi esa uni yanada minimallashtiradi. Sovg‘a uchun ham ideal variant. Xiaomi Mi True Wireless Earbuds Basic 2 simsiz quloqchinlarini aksiya doirasida bu yerdan 199 000 so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

Sayohat chamadoni

Agar siz sovg‘a bermoqchi bo‘lgan inson ko‘p sayohatga chiqsa, bu u uchun ayni muddao bo‘ladi. Chamadonlar o‘lchamiga qarab 280 ming so‘mdan 480 ming so‘mgacha. Ushbu havola orqali o‘tib, o‘zingizning byudjetingiz va didingizga mos chamadonni tanlab, buyurtma berishingiz mumkin.

Asbob-uskunalar to‘plami

Erkaklar o‘z garaji bo‘lishini orzu qiladi, ishonavering. Shu sababli siz unga asbob-uskunlar to‘plamini sovg‘a qilsangiz, uni odatiy kundan baxtliroq ko‘rishingiz mumkin. Yuqoridagi to‘plam 335 000 so‘m turadi. To‘plam narxi ichidagi asboblarga qarab farq qilishi mumkin.

Pultli mashina

Erkak kishini xursand qilish juda oson. Unga yana bir bolalidagi orzusi — pultli mashina sovg‘a qiling. Kulgili eshitilishi mumkin, lekin ko‘pchilik erkaklar bundan xursand bo‘ladi va mazza qilib o‘ynaydi. “Uyda yolg‘iz” filmidagi qahramonning shu o‘yinchoq mashina ortidan kechirgan sarguzashtlarini ko‘rgan bo‘lsa, ikki hissa mazza qilishi aniq.

Xuddi suratdagidek o‘yinchoq mashinani bu yerdan aksiyada 199 ming so‘mga xarid qilsangiz bo‘ladi.

Darts

Odam chalg‘ish uchun mana shunday o‘yinlar o‘ynagisi keladi, xarid qilishga erinadi yoki esdan chiqadi. Siz bu bayramda yaqin insoningizni ushbu darts o‘yini bilan xursand qilishingiz mumkin. Bu biroz xavfli o‘yin bo‘lgani sababli biz uning magnitligini tanladik, sanchiladiganini emas. Darts narxi 135 ming so‘mni tashkil qiladi.

Yana ba’zi tavsiyalar: agar byudjetingiz kattaroq bo‘lsa (6−7 mln so‘m), yaqiningizga PlayStation 5 o‘yin pristavkasini olib berishingiz mumkin, agar bunday qiladigan bo‘lsangiz, u o‘zini yo‘qotib qo‘yishi aniq. Agar pulingiz bo‘lmasa ham xafa bo‘lmang, erkaklar maxsus sovg‘alarni yaxshi ko‘radi. Siz unga qo‘lda sharf, shapka yoki qo‘lqop to‘qib / tikib berishingiz ham mumkin, har foydalanganda sizni yodga soladi.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ