Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 37 millionga yaqinlashdi

E’lon qilingan sana· 1 157
Oʻzbekistonda doimiy aholi soni 37 millionga yaqinlashdi

Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston doimiy aholi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga qariyb 36,8 million kishini tashkil etmoqda.

Agentlik har bir viloyat doimiy aholisi soni bo‘yicha ham ma’lumot keltirgan. Unga ko‘ra, eng aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi — 4,2 million kishi. Toshkent shahrida esa 3 milliondan ziyod aholi yashaydi. Eng kam aholili viloyat esa Sirdaryo — 914 ming kishi. Aholi soni hududlar kesimida quyidagicha keltirilgan:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 mln kishi;
  • Andijon viloyati — 3,4 mln kishi;
  • Buxoro viloyati — 2 mln kishi;
  • Jizzax viloyati — 1,5 mln kishi;
  • Qashqadaryo viloyati — 3,5 mln kishi;
  • Navoiy viloyati — 1 mln kishi;
  • Namangan viloyati — 3 mln kishi;
  • Samarqand viloyati — 4,2 mln kishi;
  • Surxondaryo viloyati — 2,8 mln kishi;
  • Sirdaryo viloyati — 914 ming kishi;
  • Toshkent viloyati — 3 mln kishi;
  • Farg‘ona viloyati — 4 mln kishi;
  • Xorazm viloyati — 1,9 mln kishi;
  • Toshkent shahri — 3 mln kishi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ