Centrum Air Toshkent—Tbilisi—Toshkent yo‘nalishida aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yadi

E’lon qilingan sana· 125
Centrum Air Toshkent—Tbilisi—Toshkent yo‘nalishida aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yadi

“Centrum Air” xususiy aviakompaniyasi 2024-yilning aprel oyidan boshlab Toshkent va Tbilisi o‘rtasida parvozlarni yo‘lga qo‘yishini ma’lum qildi.

Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar 1-apreldan boshlab har dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, Spot.uz'ning xabar berishicha, kompaniya 7-maydan Toshkentdan Batumiga parvozlarni qayta yo‘lga qo‘yishni, ularni haftasiga ikki marta, ya’ni seshanba va juma kunlari amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Tbilisiga aviachiptalar narxi 2,4 mln so‘mdan, Batumiga esa 2 mln 365 ming so‘mdan boshlanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ