Ayrim fuqarolarga Mo‘ynoq va Zominga borish aviachiptalari uchun 50 foizli chegirma beriladi
E’lon qilingan sana: · 285
Prezidentning tegishli farmoniga asosan ayrim fuqarolarga Mo‘ynoq va Zominga aviaparvozlar uchun 50 foizli chegirma taqdim etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, Mo‘ynoq va Zomin aeroportlariga parvozlar amalga oshirilganda 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aviayo‘lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu chegirma 2024-yilning 1-martidan 2026-yilning 1-martiga qadar amal qiladi.
Aviakompaniyalarning imtiyoz bilan bog‘liq xarajatlari byudjet hisobidan qoplab beriladi.