Foto: AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi oldida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatildi

E’lon qilingan sana· 138
Foto: AQShdagi O‘zbekiston elchixonasi oldida Abu Rayhon Beruniy haykali o‘rnatildi

Amerikaning Vashington shtatida joylashgan O‘zbekiston elchixonasi binosi yonida Abu Rayhon Beruniy byusti o‘rnatildi, deya xabar bermoqda VOA jurnalisti Navbahor Imomova.

“Bu Amir Temur yoki boshqa afsonaviy jangchi monumenti bo‘lishi mumkin edi. Doim o‘zbeklar shunday narsa o‘rnatadi, deb o‘ylardim. Lekin Amerikadagi O‘zbekiston elchixonasi allomalardan biriga haykal o‘rnatishga qaror qilibdi”, deb yozadi Imomova o‘z X sahifasida.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, byust Toshkentda mahalliy haykaltarosh tomonidan tayyorlangan va AQSHga yetkazilgan.