“Shahidlar xotirasi” majmuasida jadidlar murali chizildi — video

E’lon qilingan sana· 353
“Shahidlar xotirasi” majmuasida jadidlar murali chizildi — video

Toshkentdagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi ofisining yangi binosi devorida 6 nafar jadid surati tushirilgan mural chizildi. Bu haqda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mirzayor Erkinov

Muralda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy kabi jadidchilik harakatining eng yorqin vakillari suratlari aks etgan. Mazkur suratlarni Instagram’dagi “Vargunza” va “in.truder.art” nomli akkauntlar mualliflari — Mirshod va Timurlar chizgan.

Mural manzili: Google Maps | Yandex Maps

Suratlar muallifi: Mirzayor Erkinov