Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

E’lon qilingan sana· 259
Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda

23-yanvar kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov boshchiligidagi delegatsiya “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha “Toshkent invest kompaniyasi” AJ va “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co., Ltd” o‘rtasida investitsiya shartnomasi imzolandi. Loyiha yer usti transportini kanatli taksilar bilan dublyor takrorlashga qaratilgan bo‘lib, jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi rejalashtirilgan, ularning tavsiyalari va takliflari “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd.” loyiha ofisiga yuboriladi. Kompaniya, oʻz navbatida, uning amalga oshirilishini va operatsion boshqaruvini ta’minlaydi.

Suratda kompaniya mutaxassislari tomonidan shahar rivoji, aeroport va Expomarkazining ishga tushirilishi, shuningdek, bo‘lajak xalqaro tadbirlarni hisobga olgan holda transport holatini o‘rganish asosida taklif etilgan loyihalar namunalari ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, “Beijing North Bartholet Ropeway Technology Co.,Ltd.” Xitoy va Shveytsariyaning “Bartholet Maschinenbau AG” kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona boʻlib, kanat yo‘llari, istirohat bog‘lari, mashinasozlik va yoritish uskunalari sohasida jahon yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ