Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 249
Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet`ning xabar berishicha, juma kuni O‘zbekistonning ko‘p viloyatlari sovuq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, kunning birinchi yarmida qor yog‘ishi kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +2…+5 daraja iliq, respublika shimolida -5 daraja atrofida bo‘ladi.

Shanba kuni kunduzi respublikaga Turkmaniston hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Poytaxtda juma kunining birinchi yarmida qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat +3…+5 daraja iliq bo‘ladi.

27-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0…-2 daraja sovuq, kunduzi +8…+10 daraja iliq bo‘ladi.

28-yanvarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+4 daraja iliq, kunduzi +9…+11 daraja iliq bo‘ladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ