"Red Wings" Namangan va Qozon oʻrtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

E’lon qilingan sana· 209
"Red Wings" Namangan va Qozon oʻrtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda

Rossiyaning “Red Wings” aviakompaniyasi Qozon — Namangan — Qozon yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘ymoqda, deb xabar berdi Uzbekistan Airports axborot xizmati.

Shaharlar oʻrtasidagi aviaqatnovlar 2024-yilning 12-fevralidan boshlanishi va 2024-yilning 25-martigacha davom etishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 rusumidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Red Wings aviakompaniyasi Oʻzbekistonga 12 ta yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshiradi:

  • Maxachkala — Buxoro — Maxachkala (chorshanba va juma kunlari);
  • Maxachkala — Namangan — Maxachkala (chorshanba va shanba kunlari);
  • Maxachkala — Urganch — Maxachkala (shanba kunlari);
  • Maxachkala — Toshkent — Maxachkala (dushanba, juma va yakshanba kunlari);
  • Samara — Toshkent — Samara (seshanba kunlari);
  • Samara — Urganch — Samara (payshanba kunlari);
  • Moskva — Buxoro — Moskva (dushanba va juma kunlari);
  • Yekaterinburg — Samarqand — Yekaterinburg (shanba kunlari);
  • Yekaterinburg — Buxoro — Yekaterinburg (chorshanba va payshanba kunlari);
  • Yekaterinburg — Toshkent — Yekaterinburg (seshanba va juma kunlari);
  • Qozon — Samarqand — Qozon (dushanba kunlari);
  • Qozon — Toshkent — Qozon (payshanba kunlari).

“Red Wings” — Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi boʻlib, muntazam va charter reyslarni amalga oshiradi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ