Abu-Dabida 448 ta piramidadan iborat installyatsiya yaratildi
E’lon qilingan sana: · 240
Abu-Dabidagi Fahid orolida “Self Similar” nomli quyosh shaklida qurilgan 448 ta piramidadan iborat ulkan installyatsiya barpo etildi.
Mazkur ijod mahsuli amerikalik rassom Jim Denevanga tegishli. Maydoni bir kvadrat kilometr, eng katta piramidaning balandligi 27 metrga teng. Piramidalar mandala naqshini hosil qiladi.
Ma’lumotga koʻrsa, butun kompozitsiyani ikkita tomosha maydonchasidan koʻrish mumkin.
Ta’kidlanishicha, kechqurun tomosha qilish yaxshiroq. Quyosh botganda, installyatsiya ajoyib yorugʻlik shousiga aylanadi.