Toshkent aeroportida mehmonxona ochildi

E’lon qilingan sana· 332
Toshkent aeroportida mehmonxona ochildi

29-yanvar kuni Toshkent xalqaro aeroportining joʻnab ketish terminalida mehmonxona rasman oʻz faoliyatini boshladi. Mehmonxona joʻnab ketish terminalining kutish zalida, “Art Bazar” majmuasining chap tomonida joylashgan. Ikkita qavatda 24 ta kichik xonalar mavjud.

Shuningdek, birinchi qavatda yuvinish va xojatxona, roʻyxatga olish peshtaxtasi va ma’lumot tablosi boʻladi, har bir xonada esa individual bortga taklif qilish tizimi mavjud.

“Xonalar toʻliq oʻlchamli bir kishilik yotoq va minimal jihozlar — chiroq, oyna, kiyim ilgich, qoʻl yuki uchun javon, stol bilan jihozlangan kichik shinam kabinalar kabi qurilgan. Mehmonxonaning mohiyati shundaki, yoʻlovchi transfer paytida aeroportdan chiqmasdan yoki tranzit zonasini tark etmasdan bu yerda bir necha soat qolishi mumkin”, — deya qayd etdi kompaniya matbuot xizmati.

Mehmonxona “Khamsa Hotel” brendi ostida faoliyat yuritadi. Operator tomonidan belgilangan mehmonxonadan foydalanish tariflari foydalanish muddati va xona klassiga qarab 30 dan 150 dollargacha bo‘ladi: 24 ta xonadan 23 tasi standart, 1 tasi lyuks xona bo‘lib, oilaviy yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan.

Mehmonxona sharqona uslubda taniqli mahalliy rassom Bobur Ismoilov tomonidan yaratilgan.

“Poytaxt aeroporti koʻz oʻngimizda zamonaviy xalqaro darajaga yetmoqda va men uning oʻzgarishiga oʻz hissamni qoʻshganimdan juda xursandman. Bizning loyihamiz dunyoning koʻplab aeroportlaridagi oʻxshash mehmonxonalardan butunlay boshqacha uslubda ishlab chiqilgan. Biz mehmonxonaga sharqona hashamatni berishni, xonalarda esa Yevropa minimalizmi va ixchamligini saqlashga harakat qildik. Afsuski, har bir tranzit yoʻlovchi Oʻzbekistonda qolib, qadimiy shaharlar va madaniyatni tomosha qila olmaydi. Shunday ekan, maqsadimiz aeroportning oʻzida haqiqiy sharqona muhitni yaratish edi”, — deydi Bobur Ismoilov.

Yevgeniy Sorochin
Fotosuratchi
Yevgeniy Sorochin
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ