“Xalqlar do‘stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli vaqtincha yopiladi

E’lon qilingan sana· 158
“Xalqlar do‘stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli vaqtincha yopiladi

10-fevraldan 20-fevralgacha “Xalqlar do‘stligi” metro bekatining ikkinchi vestibyuli vaqtincha yopiladi, deya xabar bermoqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati.

Ushbu davr davomida bekatdagi eskalatorlarni zamonaviy turdagisiga almashtirish ishlari olib boriladi. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun bekatning birinchi vestibyuli (“Xalqlar doʻstligi” saroyiga olib chiquvchi tomon) odatiy rejimda ish faoliyatini olib boradi.

“Keltirilgan noqulayliklar yuzasidan yo‘lovchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.