Hafta davomida harorat +17 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 99
Hafta davomida harorat +17 darajagacha koʻtarilishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ertaga kechga tomon ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Uzgidromet.

7-fevral kuni respublikaning ko‘pgina viloyatlarida asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ish haftasining ikkinchi yarmida 8−9 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha yana quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 8 fevralda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Tog‘li hududlarda 7−8 fevral kunlari qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. 6−8 fevral kunlari shamol tezligi 17−22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda ba’zida 25−27 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

5−7 fevral kunlari havo harorati asosan kechalari 0…+5 daraja iliq, kunduz kunlari +7…+12 daraja iliq, ba’zi joylarda +15 daraja iliqqacha bo‘ladi. 8−9 fevralda kechalari +2…+7 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari +12…+17 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Toshkent shahrida bugun va ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +1…+3 daraja iliq, bugun kunduzi +9…+11 daraja iliq, ertaga +13…+15 daraja iliq bo‘ladi.

7-fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 8-fevralda kechasi va ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

7−9 fevralda kechalari harorat +3…+6 daraja iliq, kunduzi +7…+9 daraja iliq bo‘ladi, 8−9 fevralda +15…+17 daraja iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ