Toshkentda “Hotel Business Forum” o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 114
Toshkentda “Hotel Business Forum” o‘tkaziladi

29-fevral-1-mart kunlari Toshkent shahrida mehmonxona sanoatiga oid tadbir — “Hotel Business Forum” o‘tkaziladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xalqaro tadbir Inter Continental Tashkent mehmonxonasida o‘tkaziladi. Forum innovatsion konsepsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ularni rejalashtirishdan boshlab bozorgacha muvaffaqiyatli biznesga aylantirishga qaratilgan.

Bundan tashqari, yashil texnologiyalar, franshiza sarmoya daromadlari, axborot texnologiyalarining o‘rni, ekologik jihatlar, mehmonxona biznesida xizmatlarni raqamlashtirish kabi masalalarni yoritish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida mehmonxona sanoatidagi eng yaxshilarni aniqlash va mamlakatning turistik jozibadorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Milliy mehmondo‘stlik mukofotini topshirish marosimi ham o‘tkazilishi qayd etilgan.

“O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda Otelerlar assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkaziladigan makzur tadbir mehmonxona sanoatidagi muhim voqea, kompaniya va yetakchi ekspertlar uchun muloqot va tajriba almashish maydoni bo‘ladi”, deyiladi xabarda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ