“Qanot Sharq” Buxorodan Jiddaga aviareyslar yo‘lga qo‘ymoqda

E’lon qilingan sana· 134
“Qanot Sharq” Buxorodan Jiddaga aviareyslar yo‘lga qo‘ymoqda

“Qanot Sharq” aviakompaniyasi Saudiya Arabistonining Jidda shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar bermoqda.

7-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:03 da “Qanot Sharq” mahalliy aviakompaniyasining samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi va shu bilan kompaniyaning Buxoro — Jidda — Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlariga start berildi.

Buxorodan Jiddaga yoʻlovchi reyslari haftada bir marta — dushanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Qanot Sharq” — bosh ofisi Toshkentda joylashgan mahalliy aviatashuvchi. Aviakompaniya parkida Airbus A320, A321neo va A330 havo kemalari mavjud boʻlib ichki va xalqaro aviatashuvlarni amalga oshiradi.