Endi axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlarga ham Zulfiya mukofoti beriladi

E’lon qilingan sana· 298
Endi axborot texnologiyalari sohasidagi xotin-qizlarga ham Zulfiya mukofoti beriladi

Prezident farmoni bilan “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida"gi farmonga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar ham Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, mukofot komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.

Bundan tashqari, mukofotni olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil (ilgari 2 yil edi) mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etiladi.