“Qatar Airways” Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yadi

E’lon qilingan sana· 76
“Qatar Airways” Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yadi

“Qatar Airways” Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda, deya xabar bermoqda aviakompaniya axborot xizmati.

Birinchi parvoz 2024-yil 2-iyunga belgilangan. Yoʻlovchi reyslari haftasiga toʻrt marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

“Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim. Biz har yili nafaqat reyslar geografiyasini kengaytirish, balki xorijiy aviatashuvchilar sonini ko‘paytirish, bozorda sog‘lom raqobatni rivojlantirish va shu bilan birga, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ish olib boramiz”, — deya ta’kidlaydi “Uzbekistan Airports”.

“Qatar Airways” bosh qarorgohi Dohada joylashgan Qatar milliy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya dunyo bo‘ylab 170 dan ortiq yo‘nalishlarga parvoz qiladi. “Qatar Airways” ko‘plab nufuzli mukofotlarni qo‘lga kiritgan va “Skytrax” tomonidan yetti marta “Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi” deb topilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ