O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet ochildi

E’lon qilingan sana· 391
O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi birinchi eko-universitet ochildi

10-fevral kuni Toshkent viloyatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim oʻzgarishini oʻrganish universitetining (Green University) ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Universitet davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlib, “Hub and Spoke” tamoyili asosida faoliyat olib boradi. Ta’kidlanishicha, ushbu model strategik va oʻzaro manfaatli hamkorlik, yaxlit oʻquv tizimini yaratish, resurslarni optimallashtirish, talabalar va mutaxassislarning harakatchanligiga asoslanadi, shuningdek, mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirish, bilim va tajriba almashishga yordam beradi.

Ochilishda nutq so‘zlagan Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi direktori Gretel Agilar Green University’ning mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilishdagi o‘rni alohida ekanligini ta’kidlagan.

“Oʻzbekiston hukumatini ekologik yetakchilik va taʼlimni rivojlantirishga xizmat qiladigan yirik mintaqaviy tashabbus — „Central Asian Green University“ ochilishi bilan tabriklaymiz. Ushbu universitet biologik xilma-xillikning yoʻqolishi, iqlim oʻzgarishi va ifloslanishning uch karra sayyoraviy inqirozini hal qilishda yordam beradi. Ekologik taʼlim orqali universitet boy tabiatga ega mintaqani asrashga xizmat qiladi”, — dedi u.

Hozirgi kunda hamkorlik uchun universitetga Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, AQSH va boshqa davlatlar xalqaro universitetlarining turli professorlarini faol jalb etilayotgani aytiladi.

“Green University” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori asosida tashkil etilgan.

Maqsad mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va intellektual salohiyatni amalga oshirishda innovatsion gʻoyalar, amaliyot va texnologiyalarni joriy etishdir, deyiladi vazirlik xabarida.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ