Hafta davomida iliq va quruq ob-havo kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 101
Hafta davomida iliq va quruq ob-havo kuzatiladi

O‘zgidromet agentligi hafta davomida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkentda 12−16-fevral kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12−13 fevral kunlari kechalari 3−8 daraja iliq, kunduz kunlari 12−17 daraja iliq, 14−15 fevralda kechalari 5−10 gradus iliq, kunduz kunlari 19−22 daraja iliq bo‘ladi.

Prognozlarga ko‘ra, 12−15-fevral kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida fevral oyi o‘rtasi uchun quruq va juda iliq bo‘lgan ob-havo saqlanib turadi.

Harorat 12−13-fevral kunlari kechalari 3−8 daraja iliq, kunduz kunlari 12−17 daraja iliq bo‘ladi. 14−15 fevralda bundan ham iliq — kechalari 5−10 gradus iliq, kunduz kunlari 19−24 daraja iliq bo‘ladi. Bunday harorat foni fevral oyi o‘rtasi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 10−12 gradusga yuqori hisoblanadi.

Bunday quruq ob-havo O‘zbekiston hududining katta qismida 16-fevral kuni ham saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 15−20 darajagacha biroz pasayadi.

Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga 16-fevralda kelib chiqishi arktik bo‘lgan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0−5 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 15−16 fevralda ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23−28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida 12 fevral kuni qor ko‘chishi xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 17−19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ