Hafta davomida sovuq ob-havo saqlanib turadi

E’lon qilingan sana· 150
Hafta davomida sovuq ob-havo saqlanib turadi

O‘tgan hafta oxirida O‘zbekiston hududiga kirib kelgan sovuq havo massasi o‘z ta’sirini saqlab turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Ta’kidlanishicha, Toshkentda 19-fevral kuni kunduzi, shuningdek 20-fevralda kechasi va ertalab vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 21−23-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3−8 gradus sovuq, kunduzi 19−20-fevralda -2.+3 daraja iliq, 21−23-fevralda 0−5 gradus iliq bo‘ladi.

Ushbu hafta davomida havo harorati asosan kechalari 3−8 gradus sovuq, shimolda 7−12 daraja sovuq, ba’zi joylarda 16 gradus sovuqqacha, kunduz kunlari 19−20-fevralda -3.+2 daraja iliq, 21−23-fevralda 0−5 gradus iliq atrofida bo‘ladi.

19-fevral kunduzi qator viloyatlarda ba’zi joylarda asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 20-fevral kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida biroz qor yog‘ishi mumkin.

21−23-fevral kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ