Toshkentdagi tish davolovchi klinikalar va ularning aktual narxi

E’lon qilingan sana· 1 058
Toshkentdagi tish davolovchi klinikalar va ularning aktual narxi

Tish ogʻrigʻi juda ham azobli jarayon boʻlib, buni tunda (kunduzi ham) ushbu kasallik tufayli qiynalib chiqqan har bir odam tasdiqlashi mumkin. Oxirgi vaqtlarda Oʻzbekistonda tish davolovchi klinikalar koʻpaydi. Ushbu maqolada siz Toshkent shahrida tish davolovchi klinikalar xizmatlarining aktual narxlari bilan tanishishingiz mumkin.

Maqolani boshlashdan oldin esa hamma biladigan, ammo koʻpchilik amal qilmaydigan oddiy qoidani eslatib oʻtmoqchimiz. Tishlarni kuniga ikki marotaba ertalab va kechqurun 3−4 daqiqa davomida tozalash kerak.

Quyida esa Afisha.uz tish davolovchi klinikalarning 7 tasi haqida ma’lumot beradi (aktual narxlari bilan).

“Sadaf”

Ushbu klinika Oʻzbekistonda 1988-yildan beri ishlab kelmoqda va hozirgi kunda stomotologiya sohasidagi koʻplab xizmatlarni taklif etadi. Qabulga online tarzda yozilish ham mumkin.

Ba’zi xizmatlar narxlari:

  • tishlarni davolash — 550 ming soʻmdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 6 million soʻmdan boshlanadi;
  • implantlar — 350 dollardan (4 321 131 soʻm) boshlanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo ulugʻbek koʻchasi, 51B. Kontakt (+998) 71−267−75−71.


“Shokh dentist”

X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida mashhur boʻlgan klinika. Ushbu muassasada faoliyat yuritadigan mutaxassislarning ish faoliyati 7 yildan ortiqni tashkil qiladi.

Ba’zi xizmatlar narxlari:

  • tishlarni davolash — 300 ming soʻmdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 7 million soʻmdan boshlanadi (har bir bemor uchun individual narx belgilanadi);
  • implantlar — 2,2 million soʻmdan boshlanadi.

Shayhontohur tumani, Furqat koʻchasi, 11A. Kontakt (+998) 98−707−33−11.


“Dream Smile”

Tashkent City bogʻi yaqinida joylashgan ushbu klinika ochilganiga uzoq vaqt boʻlmadi. Biroq “Dream Smile” mahoratli mutaxxasislari va zamonaviy jihozlari bilan bemalol maqtana oladi.

Ba’zi xizmatlar narxlari:

  • tishlarni davolash (nervlarni olib tashlash) — 400 ming so‘mdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 5 million so‘mdan boshlanadi;
  • implantlar — 3,5 million so‘mlik.

Shayhontohur tumani, Furqat ko‘chasi, 1A. Kontakt (+998) 95−535−55−45.


“Dynasty”

Malakali ortoped-xirurg va implantolog tomonidan asos solingan klinika tishlarni davolashning barcha turi bilan shugʻullanadi. Ma’lumot uchun, “Dynasty"ning Instagram sahifasida, boshqa klinikalardan farqli ravishda, toʻliq prays bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Ba’zi xizmatlar narxi:

  • tishlarni davolash — 300 ming soʻmdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 4,6 million soʻmdan boshlanadi;
  • implantlar — 400 dollardan (4 938 436 soʻm) boshlanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Asaka koʻchasi, 35. Kontakt (+998) 95−000−03−23.


“AB Dental Clinic”

Shayhontohur tumanida joylashgan yana bir klinika soat 09:00 dan 22:00 gacha faoliyat koʻrsatadi. “AB Dental Clinic” barchasi ogʻriqsiz amalga oshirilishiga harakat qiladi.

Ba’zi xizmatlar narxi:

  • tishlarni davolash — 300 ming soʻmdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 350 dollardan (4 321 131 soʻm) boshlanadi;
  • implantlar — 3 million soʻmdan boshlanadi.

Shayhontohur tumani, Farobi koʻchasi. Kontakt (+998) 93−807−11−11.


“Denta”

“Denta” klinikasi oʻz faoliyatini 1994-yildan beri davom ettirib kelmoqda. Ma’lumot uchun, klinika haqida qoldirilgan izohlar va sharhlar uchun 10 foiz chegirma ham beriladi.

Ba’zi xizmatlar narxi:

  • tishlarni davolash — 200 ming soʻmdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 400 dollardan (4 938 436 soʻm) boshlanadi (ikkala jagʻ);
  • implantlar — 300 dollardan (3 703 827 soʻm) boshlanadi.

Yunusobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 51. Kontakt (+998) 90−024−04−20.


“The white”

“The White” klinikasi 09:00 dan 21:00 gacha faoliyat koʻrsatadi. Klinikaning “Novza” metro bekatining yonginasida joylashgani ham qulaylik tugʻdiradi.

Ba’zi xizmatlar narxi:

  • tishlarni davolash — 300 ming soʻmdan boshlanadi;
  • breket qoʻyish — 4,5 million soʻmdan boshlanadi (ikkala jagʻ);
  • implantlar — 3,9 million soʻmdan boshlanadi.

Chilonzor tumani, Novza koʻchasi, 1. Kontakt (+998) 71−277−73−77.

Ushbu jamlanmani bir maslahat bilan yakunlamoqchimiz. Toʻgʻri, uni maqola boshida ham aytgan edik, lekin katta ehtimol bilan esingizdan chiqib ketgan. Unutmang, tishlarni kuniga ikki marotaba ertalab va kechqurun 3−4 daqiqa davomida tozalash kerak.

Muallif: Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ