Oʻzbekistonda “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni” oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 193
Oʻzbekistonda “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni” oʻtkaziladi

2013-yil 20-dekabrda BMT tomonidan yovvoyi tabiat muammolaridan xabardorlikni oshirish maqsadida 3-mart “Butunjahon yovvoyi tabiat kuni” deb e’lon qilingan. Shu kuni butun dunyoda tabiatni muhofaza qilishga e’tibor qaratiladi.

Shu munosabat bilan “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi” tomonidan 3-mart kuni soat 11:00 da Toshkent hayvonot bog‘ida aholi va yoshlar o‘rtasida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi hayvonlar va o‘simliklar turlari bo‘yicha davra suhbatlari va aksiyalar tashkil etiladi.

Shuningdek, Oʻzbekistonning barcha hududlarida yovvoyi tabiatni asrash va undan foydalanish madaniyati bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida chiqishlar tashkil etiladi, infografika, videoroliklar tayyorlanadi, ta’lim dargohlarida mutaxassislar ishtirokida targ‘ibot-tushuntirish ishlari tashkil etiladi. Qolaversa, xususiy hayvonot bog‘lariga bolalarning bepul tashriflari uyushtirilishi kutilmoqda.

Tadbirda ishtirok etish barcha uchun bepul va roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ