Elektropoyezdlarda ham ATTO va bank kartalari bilan to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

E’lon qilingan sana· 61
Elektropoyezdlarda ham ATTO va bank kartalari bilan to‘lov qilish imkoniyati paydo bo‘ldi

Shaharlararo elektr poyezdlari yo‘lovchilari endi transport va bank kartalari orqali sayohat haqini to‘lashlari mumkin bo‘ldi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hozircha bu imkoniyat Toshkent—Xojikent yo‘nalishidagi elektropoyezdlarda mavjud. Tez kunda yana 3 ta — Toshkent-Bekobod, Toshkent-Xovos va Toshkent-Angren yo‘nalishlaridagi elektropoyezdlarda ham elektron to‘lov tizimini ishga tushiriladi.

Bunda to‘lovni bevosita elektropoyezd vagonlarida АTTO transport kartalari yoki bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish mumkin, ya‘ni endilikda bekatda chipta olish shart emas.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ