Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi

E’lon qilingan sana· 66
Dam olish kunlari yomg‘ir va qor yog‘adi

1−3-mart kunlari aksariyat viloyatlarda asosan bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar beradi O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati.

Dam olish kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 1-mart kunduzi havo harorati 2−7 daraja iliq, respublik janubida esa g‘ayrioddiy bo‘lsa ham −3… +2 darajadan past bo‘ladi. Respublika hududi bo‘yicha dam olishi kunlari harorat asosan kechalari −3… −2 gradus iliq, kunduz kunlari 0−5 daraja iliq bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 1−2 mart kunlari 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor.

Toshkent shahrida juma kuni kechga tomon biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi, 2−3-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Harorat kechalari −1…+1, kunduz kuni 1-martda +4…+6, 2−3-martda +1…+4 daraja bo‘ladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esdi.

Mart oyining birinchi kunlarida harorat foni bahorning boshlanishi uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 4−6 darajaga past bo‘ladi, bu esa o‘tgan yilga nisbatan deyarli pastdir, bunda mart oyida havo harorati 20−25 darajaga yetgan, deyiladi xabarda.

Ammo keyingi hafta biroz kechikish bilan bo‘lsa ham bahor o‘z ta’sirini o‘tkazadi va havo harorati tez ko‘tarila boshlaydi, deya ta’kidlamoqda sinoptiklar.