“Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

E’lon qilingan sana· 697
“Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 2024-yilning 8, 9, 10-mart kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi.

775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi:

  • Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.

776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi:

  • Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan, shuningdek, elektron tarzda xarid qilish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ