Toshkentdagi optika salonlari va ularning aktual narxlari

E’lon qilingan sana· 9 131
Toshkentdagi optika salonlari va ularning aktual narxlari
Foto: visioncenter.org

Mart oyi bayramlarga boy. 4-mart kuni (oldinda turgan katta-katta bayramlarga repetitsiya tariqasida) butunjahon koʻzoynak taqadiganlar kuni nishonlandi. Ushbu kun munosabati bilan Afisha.uz Toshkentdagi optika salonlari va ularning aktual narxlari haqida ma’lumot beradi.

Unutmang, koʻzoynak taqadigan doʻstlarimiz va yaqinlarimizni qadrlashimiz kerak. Zero ular, shunchaki, boshqalarni koʻrish uchun ham alohida pul toʻlaydi.

InterOptica

Toshkent shahrida ushbu optika salonining bir nechta filiallari mavjud. Shuningdek, salon mart oyida aksiya e’lon qilgan. Unga koʻra, rangli linzalarni 150 000 soʻmdan xarid qilishingiz mumkin. Quyida esa koʻzoynak va linzalarning oʻrtacha narxi keltirilgan.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 100 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 140 000 soʻmdan boshlanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 105/51. Kontakt (+998) 71−268−4050, (+998) 94−168−4050;

Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 18-uy. Kontakt (+998) 71−255−4090, (+998) 71−255−3070.

Chilonzor tumani, 1-kvartal, 7-uy. Kontakt (+998) 71−277−6868, (+998) 71−217−2772.

Fabricio

“Fabricio” salonida tanlov imkoniyati katta boʻlib, quyoshdan saqlovchi koʻzoynaklardan tortib, linzalargacha xarid qilishingiz mumkin. Salon oʻzining juftliklar uchun moʻljallangan mahsulotlari bilan ham mashhur hisoblanadi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 265 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 120 000 soʻmdan boshlanadi.

Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy koʻchasi, 170. Kontakt (+998) 90−371−8100.

Tashkent Optical

Tashkent Optikal 25 yillik tajribaga ega, optika mahsulotlari rasmiy distibyutori hisoblanadi. Bundan tashqari salonning yetkazib berish xizmati ham mavjud.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 75 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 95 000 soʻmdan boshlanadi.

Shayhontohur tumani, Xadra massivi, 21. Kontakt (+998) 71−244−89−00.

Murano

Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan optika saloni koʻzlarning koʻrish qobiliyatini ham tekshiradi. Bundan tashqari “Murano"da mahsulotlarni yetkazib berish xizmati ham mavjud.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 50 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 90 000 soʻmdan boshlanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 105. Kontakt (+998) 99−987−33−39.

Bliss

Toshkent shahrida ushbu optika saloni 1999-yildan beri faoliyat yuritib keladi. Bliss boshqalarga qaraganda oʻzining tanlov imkoniyatining kengligi va xizmatlarining koʻpligi bilan ajralib turadi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 180 ming soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 70 ming soʻmdan boshlanadi.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Sodiq Azimov koʻchasi. Kontakt (+998) 71−233−07−92.

Optika Global

Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan ushbu optika saloni har kuni ishlaydi. Odatiy kunlarda ish vaqti 09:00 dan 19:00 gacha boʻlsa, shanba kuni 09:00 dan 18:30 gacha, yakshanba kuni esa 10:00 dan 17:00 gacha faoliyat yuritadi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 100 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 160 000 soʻmdan boshlanadi.

Shayhontohur tumani, Alisher Navoiy koʻchasi, 3. Kontakt (+998) 71−241−09−10.

Urban Optic

Koʻp brendli optik va quyoshdan saqlaydigan koʻzoynaklar savdosi bilan shugʻullanadigan Urban Optic premium va hashamatli segmentdagi butik hisoblanadi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 1 500 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 730 000 soʻmdan boshlanadi.

Yunusobod tumani, Amir Temur koʻchasi, 60. Kontakt (+998) 95−479−56−56.

Vision Care

Vision Care optika saloni Toshkent shahrida uzoq yillardan beri faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Salon bayramlar munosabati bilan har xil chegirmalar e’lon qiladi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 300 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 180 000 soʻmdan boshlanadi.

Mirobod tumani, Afrosiyob koʻchasi. Kontakt (+998) 71−252−18−23.

Мир Очкoff

Мир Очкoff mijozlar uchun 500 dan ortiq modeldagi koʻzoynaklar, shuningdek, rangli va rangsiz linzalar taklif qiladi. Bundan tashqari optika saloni oʻz mahsulotlari uchun uch oygacha kafolat beradi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 280 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 150 000 soʻmdan boshlanadi.

Mirobod tumani, Taras Shevchenko koʻchasi, 24. Kontakt (+998) 77−003−19−37.

Uchtepa tumani, 13-kvartal, 7-uy. Kontakt (+998) 95−142−19−37.

Mirzo Ulugʻbek tumani, Hamid Olimjon maydoni, 2B. Kontakt (+998) 71−237−19−37.

Ziyo

Chilonzor tumanida joylashgan Ziyo optika saloni mijozlar uchun har xil xizmatlarni taklif qiladi.

Narxlar:

  • koʻzoynaklar — 35 000 soʻmdan boshlanadi;
  • linzalar — 85 000 soʻmdan boshlanadi.

Chilonzor tumani, 16-kvartal, 11. Kontakt (+998) 99−893−56−63.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ