Toshkentda qator masjidlar yaqinidagi yo‘llar ma’lum vaqt yopiladi — ro‘yxat

Toshkentda Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan 2024-yilning 10-mart kunidan boshlab har kuni soat 19:00 dan 24:00 ga qadar qator masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun cheklanadi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Harakat cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxati tumanlar kesimida quyidagicha.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
- Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar.
Bektemir tumani bo‘yicha:
- Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan Xusayin Boyqaro ko‘chasiga qadar.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar.
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi Qo‘yliq — Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar;
- Quyliq ota masjidi TXAY — Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar.
Sergeli tumani bo‘yicha:
- Maʼruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar;
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli — No‘g‘ayqo‘rg‘on KXAY — Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon — Sag‘bon chorrahasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Maʼzum masjidi KXAY — Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY — Qushbegi chorrahasigacha;
- Yakkasaroy masjidi Shota Rustaveli — Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy — Bog‘u bo‘ston chorraxasigacha.
- Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar.
Yangihayot tumani:
- Niyozmat ota masjidi TXAY — Binokor chorrahasidan Pastdarg‘on mahallasiga kirishga qadar.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza — Beshqayrag‘och chorrahasigacha.— Kamolon masjidi Bunyodkor — Kamolon chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor chorrahasigacha.
Olmazor tumani bo‘yicha:
- Xasti Imom masjidi Nurafshon — Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy — Abdulla Qodiriy chorrahasigacha;
- Islomobod masjidi KXAY — Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon — Sag‘bon chorrahasigacha;
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li — Noraztepa chorrahasigacha.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
- Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasiga qadar.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
- Abdullox ibn Masʼud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy — Katta Xirmontepa ko‘chalari chorrahasigacha;
- Xazrati Ali masjidi Nazarbek — Mahorat chorrahasidan Nazarbek — Zamaxshariy 1-tor ko‘chasigacha.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
- Novza masjidi Bunyodkor — Muqimiy ko‘prigi tagidan Oliy Majlis qarshisigacha;
- Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy — Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha;
- Ubay ibn Kaʼf (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.

“Ushbu ko‘chalarda faqatgina maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi. Fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.