Hafta yomgʻirli boʻlishi kutilmoqda
E’lon qilingan sana: · 152
Bugun Toshkentda kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +17…+19 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.
Ertaga, 12-mart kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamol tezligi 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7…+9 daraja iliq, kunduzi +9…+11 daraja iliq bo‘ladi.
13−14-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 14-martda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat kechalari 0…+3 daraja iliq, kunduz kunlari +3…+8 daraja iliq havo boʻlishi kutilmoqda.
15-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.