Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana· 537
Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi xabar berdi.

Qo‘shimcha reyslar:

  • Toshkent — Nukus — Toshkent — 20-mart kuni;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent — 20, 21, 24-mart kunlari;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent — 24-mart kuni;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent — 21-mart kuni;
  • Toshkent — Namangan — Toshkent — 24-mart kuni.

Parvozlar jadvali bilan kompaniya saytida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” 2024-yilning 21-martidan 24-martigacha barcha mahalliy aviaqatnovlar tariflariga 30 foizli chegirma e’lon qilgandi.

Bundan tashqari, Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ