Samarqanddan Turkistonga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

E’lon qilingan sana: · 197
Samarqanddan Turkistonga aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

Qozogʻistoning “Qazaq Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish ruxsatnomasini oldi, deya xabar bermoqda “O‘zaviatsiya” agentligi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, aviakompaniyaga Oʻzbekiston Respublikasiga Turkiston — Samarqand — Turkiston yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish ruxsatnomasi rasmiylashtirib berilgan. Parvozlar DHC-8−402 havo kemasida amalga oshiriladi.

Aviakompaniya saytida keltirilishicha, parvozlar 15-martdan boshlanadi va haftasiga ikki marta — juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling