Toshkentda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi

E’lon qilingan sana· 380
Toshkentda arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi

Navro‘z bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yarmarkalar roʻyxati:

  • Bektemir tumani — “Qoʻyliq dehqon bozori” AJ,
  • Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ
  • Mirzo Ulugʻbek tumani — “Navroʻz dehqon bozori” AJ
  • Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ
  • Olmazor tumani — “Qora Qamish dehqon bozori” AJ
  • Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ
  • Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ
  • Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ
  • Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ
  • Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ
  • Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori"AJ

Bundan tashqari dam olish kunlari bozor hududida bayramona madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan. Dehqon bozorlari 21-mart kuni ham ishlaydi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ