Birinchi "Jolbors Business Summit" Toshkentda bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 568
Birinchi "Jolbors Business Summit" Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Toshkent shahrida 27−28 aprel kunlari birinchi “Jolbors Business Summit” bo‘lib o‘tadi. Bu tadbirkorlar, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mahoratli mutaxassislar, marketologlar va brend menejerlari uchun mo‘ljallangan Markaziy Osiyo miqyosidagi sammitdir. Tadbirning maqsadi — ishtirokchilarni birlashtirish va rivojlantirish orqali kuchli ishbilarmonlik muhitini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Sammit tashkilotchilari 12 yildan buyon bozordagi mutaxassislarini birlashtirib, sohani rivojlantirib kelayotgan “Jolbors Festival” marketing va reklama festivali yaratuvchilari hisoblanadi.

“Jolbors” loyihasi mualliflaridan biri Sabina Reyngoldning so‘zlariga ko‘ra, yirik biznes sammitini o‘tkazish g‘oyasi mutaxassislar o‘rtasidagi tushunmovchilik va bir tomonning boshqa tomon ishlariga yetarlicha yordam bermasligi muammosidan kelib chiqqan. Bu ko‘p hollarda biznes muhitini rivojlantirishda sekinlashuvga olib keladi.

“Jolbors” festivali orqali aloqa va reklama bozorining muvaffaqiyatli rivojlanishi davomida biz haqiqiy oʻsish uchun biznesda sinergiya effekti ya’ni biznesning barcha tizimlari xuddi bir jondek ishlashi kerakligini angladik. Aynan shu bois biz “Jolbors Business Summit"ni tashkil etdik. Biz biznes zanjirining har bir ishtirokchisi — biznes egasi yoki marketolog, tadbirkor yoki ijodkor mutaxassis, kim boʻlishidan qat’iy nazar oʻzlarida bor kuchni bilishlarini istaymiz. Ushbu zanjirning har bir ishtirokchisi tajriba almashish, biznes-keyslarni muhokama qilish, aloqalar tarmog‘ini yaratish, biz ishlayotgan biznes muhitini rivojlantirish orqali o‘z tajribasini oshirishini ham xohlaymiz”, — dedi “Jolbors Business Summit"ining mualliflaridan biri Sabina Reyngold.

“Jolbors Business Summit” dasturi 3 qismdan iborat:

  • Mutaxassislar biznesni rivojlantirish bo‘yicha oʻz amaliyotidan olingan vaziyatlar asosida ma’ruzalar qiladi. Shuningdek, misollar bilan o‘rganish (case-study) ko‘rinishidagi tadbirlar ham rejalashtirilgan bo‘lib, biznes boshqaruvchilari va marketing bo‘yicha direktorlarning qo‘shma chiqishlarida o‘z biznes holatlari bilan baham ko‘radi. Boshqaruvchilar biznes yondashuvlari nuqtai nazaridan muayyan holatlarni ko‘rsatib berishsa, marketologlar marketing vositalari biznes muammolarini hal qilishda va ko‘zlangan natijalarga erishishda qanday yordam berganini muhokama qiladi. Tadbir 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi;
  • Amaliyot laboratoriyalar — qisqacha ma’lumotlar asosida biznesni rivojlantirish va marketing bo‘yicha mahorat darslaridir. Ishtirokchilar biznes muammolarini hal qilish orqali o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishlari mumkin. 28-aprel kuni bo‘lib o‘tadi;
  • “Jolbors Business Breakfast” — rasmiy yig‘ilish shaklida mutaxassislar ishtirokidagi biznes-nonushta bo‘lib, uning yordamida ishtirokchilar biznesni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishlari mumkin. 28-aprel kuni tashkil etiladi.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ