Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

E’lon qilingan sana· 546
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tariladi

16−17-mart kunlari mamlakat hududining katta qismida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Ta’kidlanishicha, 14-mart kuni kirib kelgan sovuq havo massasi hisobiga O‘zbekistonning barcha viloyatlarida havo keskin sovuq bo‘ldi, ammo bu sovuq respublika hududidan tez chiqib ketmoqda va havo harorati ko‘tarila boshlaydi.

Toshkent shahrida 15−17-mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat shanba kuni kechasi 0…-2, kunduzi +13…+15 daraja, yakshanba kuni kechasi +2…+4, kunduzi +16…+18 daraja bo‘ladi.

15-mart, juma kunning ikkinchi yarmida harorat +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi, yakshanba kuni esa +15…+20 darajagacha isiydi. Shanbadan yakshanbaga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha ba’zi joylarda biroz sovuq saqlanib turadi, yakshanba kuni harorat kechasi +2…+7 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.

Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 17-mart, yakshanba kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15−18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ