Navro‘z 2024: Toshkentda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar va sanalar ma’lum qilindi

E’lon qilingan sana· 4 822
Navro‘z 2024: Toshkentda bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar va sanalar ma’lum qilindi

An’ana va qadriyatlar timsoli bo‘lgan umumxalq bayrami arafasida poytaxtning qator tumanlarida bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Asosiy bayram tantanalari “Yangi O‘zbekiston” va “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘larida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Navro‘z bayrami munosabati bilan quyidagi joylarda bayramlar o‘tkaziladi:

  • Bektemir tumani, Coca-Cola bog‘i — 19-mart;
  • Uchtepa tumani, “Ekopark Seul” — 19-mart;
  • Shayxontohur tumani, “Tashkent City” istirohat bogʻi — 19-martdan 23-martgacha;
  • Yunusobod tumani, “O‘zekspomarkaz” hududi — 20-mart;
  • Mirobod tumani, “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘i — 21−24-mart;
  • Mirzo Ulug‘bek tumani, “Markaziy madaniyat va istirohat bog‘i” (sobiq Telman bog‘i) — 21−24-mart;
  • Sergeli tumani, Markaziy maydon (moʻljal: Sergeli tumani hokimligi) — 21-mart;
  • Olmazor tumani, “Yoshlik” shaharchasi, “Beruniy” maydoni — 21-mart;
  • Yakkasaroy tumani, “Seul Moon” va “Next” koʻngilochar markazlari — 21-martdan 24-martgacha;
  • Yangihayot tumani, “Toshkent Index” savdo majmuasi — 21-martdan 24-martgacha;
  • Yashnobod tumani, “Ashxobod” istirohat bog‘i 21-martdan 24-martgacha;
  • Chilonzor tumani, G‘afur G‘ulom nomidagi istirohat bog‘i — 21-martdan 24-martgacha.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ