“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida qator muassasalarda chegirmalar beriladi — ro‘yxat
2024-yil 20−31-mart kunlari Navro‘z bayrami hamda “Yoshlar turizmi haftaligi” tadbirlari tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekistonning barcha hududlardagi umumiy ovqatlanish joylari, mehmonxona va hostellarda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun ixtiyoriy tarzda taqdim etiladigan chegirmalar va aksiyalar ama qiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, bundan asosiy maqsad yoshlarni taʼtil vaqtida mavsumiy imtiyozli turistik paketlari asosida respublikaning diqqatga sazovor joylariga sayohatlarini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalari talabalari, maktab oʻquvchilari va mahallalardagi aholi va yoshlarning sayohatlarini tashkil etish, nogironligi boʻlgan oʻquvchi, talaba va yoshlarning respublika boʻylab sayohat qilishi uchun zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Afisha.uz 20−31-mart kunlari Toshkentdagi umumiy ovqatlanish joylari, mehmonxona va hostellarda amal qiladigan chegirma va aksiyalarni bir joyga to‘pladi.
Umumiy ovqatlanish joylari:
- “Kamolon” osh markazi — 7−12 foiz;
- “Gʻijduvon Premium” — 10−20 foiz;
- “Nihol” milliy taomlar — 10−22 foiz;
- “Jiz-biz” — 7−10 foiz;
- “Sal-sal” — 5−10 foiz;
- “April Verdant” — 20 foiz (tug‘ilgan kunlar uchun).
Mehmonxona va hostellar:
- “Ivleva INN” hosteli — 10 foiz;
- “Shahriston” oilaviy mehmon uyi — 10 foiz;
- “Green Hotel” — 10 foiz;
- “Orient Palace” — 10 foiz;
- “Home Hotel” — 10 foiz;
- “Xiva” mehmonxonasi — 10 foiz;
- “Gelikon Hotel” — 10 foiz;
- “Samo” mehmonxonasi — 10 foiz.
O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi umumiy ovqatlanish joylari, mehmonxona va hostellarda shu kunlarda amal qiladigan chegirmalar bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.