Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

E’lon qilingan sana· 337
Toshkentda 26-martdan isitish mavsumi yakunlanadi

26-martdan Toshkent shahrida markaziy isitish tizimi o‘chiriladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Hokimlikning ta’kidlashicha, isitish davri o‘rtacha kunlik harorat 8 darajadan yuqori bo‘lgan besh kunlik muddat tugagandan keyingi kuni tugatiladi.

“Shundan kelib chiqib, Toshkent shahri Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlari hamda o‘rtacha kunlik havo harorati ayni paytda 10 darajadan yuqori bo‘lishini inobatga olgan holda 26-martdan mavsumini yakunlash rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz”, — deyiladi hokimlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlangan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ