“Olmazor"–"Yangihayot” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 551
“Olmazor"–"Yangihayot” bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama tashkil etiladi

Toshkent metropolitenida 26-mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yo‘nalishining “Olmazor"-"Yangihayot” (4-bekat) bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati bir tomonlama (челнок), oraliq vaqt intervallari saqlangan holda tashkil etiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, bu xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha rejadagi profilaktik ishlarning bajarilishi munosabati bilan tashkil etilmoqda. Shuningdek, “Yangihayot” (4-bekat) va “Chinor” (5-bekat) bekatlari oralig‘ida bu vaqt davomida bepul avtobus harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ