Yunusobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

E’lon qilingan sana· 124
Yunusobod tumanidagi Temur Malik ko‘chasida transport harakati vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahri Yunusobod tumani Temur Malik ko‘chasidagi Salar-Xojikent temir yo‘l bekatlari oralig‘idagi temir yo‘l kesishmasining yo‘l izida nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Nosozlikni bartaraf etish ishlari doirasida 28-mart kuni soat 21:00 dan 29-mart kuni soat 06:00 ga qadar Temur Malik ko‘chasining Universitet ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan qismigacha avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ