Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishni boshlaydi

E’lon qilingan sana· 84
Dam olish kunlari havo harorati ko‘tarilishni boshlaydi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtda 29-martda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 30−31-martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma kuni kunduzi harorat +10…+12, shanba kuni +12…+14, yakshanba kuni +14…+16 daraja iliq bo‘ladi. Kechalari harorat +3…+5 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi.

29-mart kuni respublikaning ko‘p viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida kunning birinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida juma kuni kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma kuni kunduzi havo harorati +8…+13 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va yakshanba kuni havo +14…+17 daraja iliqqacha isiydi.

Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga o‘tar kechasi havo 0…+5 iliqqacha bo‘ladi.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharq tomondan esadi, juma kuni ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi o‘rtacha bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 29−31-mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 29-martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ