Aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 1 404
Aprel oyida qanday ob-havo kuzatiladi?

Bu yil aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Ta’kidlanishicha, birinchi besh kunlikda havo +15…+20 darajaga ko‘tariladi, kechalari harorat +5…+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu davrda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Tekislik hududlarda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 2−3-aprel kunlari baʼzi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Aprel oyi birinchi o‘n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari +8.+13 daraja iliq, kunduz kunlari +18…+23 gradus iliq bo‘ladi.

Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari +2…+7 daraja iliqdan +10…+15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +13…+18 gradus iliqdan +25…+30 darajagacha o‘zgarib turadi.

Oylik yog‘ingarchilik miqdori meʼyordan kam, baʼzi joylarda meʼyor atrofida bo‘ladi.