O‘zbekistonda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 513
O‘zbekistonda 1 porsiya oshning o‘rtacha narxlari e’lon qilindi

Statistika agentligi hududlardagi 1 porsiya palovning mart oyidagi o‘rtacha narxlarini e‘lon qildi.

Unga koʻra, eng qimmat osh Toshkent shahrida boʻlib, uning narxi 30 200 soʻmni tashkil qiladi. Eng arzon oshni esa Namangan viloyatidan 19 900 soʻmga sotib olish mumkin. 2024-yil mart oyida viloyatlarda palovning o‘rtacha narxi quyidagicha shakllangan:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 24 300 so‘m;
  • Andijon viloyati — 24 400 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 28 600 so‘m;
  • Jizzax viloyati -25 600 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 27 700 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 24 200 so‘m;
  • Namangan viloyati — 19 900 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 27 000 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 25 800 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 23 000 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 25 000 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 21 600 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 27 200 so‘m;
  • Toshkent shahri — 30 200 so‘m;

Ma‘lumot uchun, Mazkur statistika shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari) dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ