Toshkent jamoat transportida chipta narxi oshirilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 1 064
Toshkent jamoat transportida chipta narxi oshirilishi mumkin

Transport vaziri Ilhom Mahkamov “Gazeta.uz” bilan suhbatda Toshkent jamoat transportida naqd pul bilan to‘lov narxini 3000 so‘mgacha oshirish rejasi borligini aytdi. Bunda naqdsiz to‘lovlar miqdori 1700 so‘m holida o‘zgarishsiz qoladi.

Ilhom Mahkamov o‘zi rahbarlik qilayotgan vazirlik naqd pul bilan qilinadigan to‘lovlar miqdorini oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi ekanini ta’kidladi.

“Hozir to‘lov puli karta bilan 1700 so‘m va naqdda 2000 so‘m bo‘lsa, 1700 so‘mga tegmasdan, naqd puldagisini 3000 so‘mgacha ko‘tarmoqchimiz. Endi bilmadim bu narsaga omma qanday yondashadi. Shunda haydovchilar pulga aralashmasa…”, — dedi u.

Vazir, shuningdek, haydovchilarning ish vaqtida uyali telefondan foydalanishini taqiqlash reglamentga alohida kiritilayotganini qo‘shimcha qildi.

Suhbatning to‘liq shaklini bu yerda ko‘rishingiz mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ