Toshkent aeroportida yana bir rasmiy taksi xizmati ish boshladi

E’lon qilingan sana· 610
Toshkent aeroportida yana bir rasmiy taksi xizmati ish boshladi

1-apreldan boshlab Toshkent aeroportining uchib kelish zalida “Sixt Uzbekistan” brendi ostidagi taksi xizmati (“Avtobus Rent” kompaniyasi) ishlay boshladi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airports.

Mazkur taksi E-auksion.uz elektron platformasida tanlov asosida gʻolib deb topilgan.

Yangi taksi xizmatining ishlash texnologiyasi ikki yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan “Taxi Airport Tashkent” taksi xizmati bilan bir xil — yo‘lovchilar uchib kelish zalidagi peshtaxtaga kelib kerakli manzilni aytadi, kompaniya hodimi masofani tarif bo‘yicha hisoblab chiqadi va xizmat haqini e’lon qiladi. Yoʻlovchi naqd pul yoki karta orqali toʻlovni kassada yoki toʻgʻridan-toʻgʻri mashinada amalga oshirishi mumkin.

Aeroportda ishlash uchun kompaniya bir nechta tariflarni taqdim etdi: “Standart”, “Komfort” va “Biznes”. Sayohatning minimal narxi — 60 000 so‘m. Shuningdek, aeroportda yangi taksi xizmati ochilishi munosabati bilan kompaniya ikki haftalik aksiya e’lon qiladi — 15-aprelga qadar barcha mijozlar “Komfort” tarifidan “Standart” tarifi narxlarida foydalanishlari mumkin boʻladi.

Taksi xizmati parki Chevrolet, Toyota, Kia, Skoda, Hyundai, Golden Dragon va boshqa mahalliy va xorijiy avtomobillardan iborat. Zarur hollarda yo‘lovchilar 6 dan 19 o‘rindiqgacha ega bo‘lgan mikroavtobuslardan foydalanishlari mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ