Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

E’lon qilingan sana· 1 319
Uzbekistan Airways qator xalqaro reyslarga chegirma e‘lon qildi

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi “Yorqin payshanba” aksiyasi doirasida Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg‘onadan qator xalqaro reyslarga 20 foizli chegirma taqdim etmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Bir kunlik aksiya davomida quyidagi aviaqatnovlarning tariflaridan 20% chegirma beriladi:

  • Toshkentdan Olmaota, Ostona, Boku, Bangkok, Dubay, Mumbay, Ufa va ortga;
  • Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch, Farg‘onadan Istanbulga va ortga;
  • Farg‘onadan Novosibirskka va ortga;
  • Samarqanddan Qozonga va ortga.

Aksiya faqat bir kun — 04-aprel kuni soat 00:00 dan 23:59 gacha amal qiladi. Chiptalarni kompaniya rasmiy veb-sayti orqali xarid qilish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ