O‘zbekistonda Ramazon hayiti 10-aprel kuni nishonlanadi

E’lon qilingan sana· 941
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 10-aprel kuni nishonlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining navbatdagi onlayn majlisi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Majlis yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi fiqhiy qoidalar, falakiy hisob-kitoblar va astronomik kuzatishlarga tayangan holda 2024-yilda Ramazon hayiti 10-aprel, chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotgani ma‘lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda ulamolar va soha mutaxassislari tomonidan Ramazon hayiti qaysi kunga to‘g‘ri kelishi va hijriy 1445-yil Shavvol oyi hilolini kuzatish bo‘yicha qilinayotgan ishlar hamda falakiy hisob-kitoblar atroflicha tahlil qilingan.

Shuningdek, dunyodagi yirik fatvo idoralari va nufuzli astronomiya institutlari axborotlari batafsil ko‘rib chiqildi. Turkiy davlatlar diniy idoralari masʼullari bilan ham ushbu masala keng muhokama qilingan.

9-aprel bayram oldidan qisqa kun. Shu kuni barcha xodimlar bir soat avval ketishi mumkin.

Avvalroq bayram kunlari qanday ob-havo kuzatilishi haqida xabar berilgandi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ