Toshkentda yaqin uch kun ichida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

E’lon qilingan sana· 907
Toshkentda yaqin uch kun ichida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Oʻzgidromet yaqin uch kunlik ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, poytaxtda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Prognozga ko‘ra, Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq chalishi mumkin. G‘arbdan 5−10 m/s tezlikda esayotgan shamol 12−14 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor. Harorat 20−22° darajada boʻladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, joylarda yomg‘ir, ayrim tumanlarda esa kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. G‘arbdan 7−12 m/s tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10−15° ni tashkil qiladi.