Anons

Fight Forward with Scott Adkins ochiq ma'ruzasi

E’lon qilingan sana: · 125
Fight Forward with Scott Adkins ochiq ma'ruzasi

CAEx koʻrgazmalar zalida jahon darajasidagi bokschilari va Oʻzbekiston murabbiylari ishtirokida sportdagi professional yoʻllar haqida ochiq ma’ruza boʻlib oʻtadi.

Skott Adkins — britaniyalik aktyor va jang san’ati ustasi. U “Chegarasiz”, “Boyka” va “Ninza” kabi filmlardagi rollari bilan mashhur.

Sergey Kovalyov — rossiyalik professional bokschi. Kovalyov kuchli zarbalari bilan tanilgan va boks boʻyicha yengil vazn toifasida sobiq WBO, IBF va WBA chempioni hisoblanadi.

Bahodir Jalolov — ogʻir vazn toifasidagi oʻzbekistonlik bokschi. Shuningdek, u Olimpiya o‘yinlari va boshqa xalqaro turnirlardagi ishtiroki bilan tanilgan va bir necha medallarni qo‘lga kiritgan.

Isroil Madamirov — oʻzbekistonlik professional bokschisi. U ringdagi texnikasi va mahorati bilan tanilgan, professional boksda qisqa vaqt ichida shuhrat qozongan.

Xasanboy Do‘stmatov — o‘zbekistonlik professional bokschi, eng yengil vazn toifasida jang qiladi (49 kg). Olimpiada (2016) va jahon (2023) chempioni.

To‘lqin Qilichev — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy.

Shuningdek, mehmonlar uchun Konsta va Shohruxning chiqish qiladi.

Chipta narxlari: 200 000 soʻmdan 650 000 soʻmgacha.
Xarid qilish.

Murojaat uchun telefonlar: (+998) 90−333−3854, (+998) 78−113−3333.

Afisha.uz — tadbirning axboriy hamkori hisoblanadi.

Jadval

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling